Ancha vaqtdan buyon omma oldida ko‘rinmayotgan Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti keyingi haftadayoq Qozog‘istonga tashrif buyurishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin betob emas va o‘zining an’anaviy og‘ir ish jadvali bo‘yicha ishlashda davom etmoqda. Qozog‘istonga tashrif esa keyingi haftaning oxirlariga rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev ushbu haftada Ostonada Aleksandr Lukashenko ishtirokida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvni keyinga qoldirgan edi.
Izoh (0)