O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada-2016 saralash 1-bosqich bahslaridagi ikkinchi uchrashuvini yakunladi, deb xabar beradi Olamsport.com.
Bu safar Vyacheslav Soloxo shogirdlari Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va kichik 1:0 hisobida zafar quchdi. Ilk turda O‘zbekiston vakilalari Falastin terma jamoasidan 6:0 hisobida ustun kelgandi. Endi O‘zbekiston terma jamoasi 15-mart kuni hal qiluvchi o‘yinda mezbon iordaniyalik futbolchilar bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)