Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Rasulobod shahrida kelin 15 ga 6 ni qo‘sha olmagan bo‘lajak kuyovga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Mahalliy politsiya ma’lum qilishicha, kelin bo‘lajak qaylig‘ining matematik bilimlarini tekshirish maqsadida 15 ga 6 ni qo‘shishni so‘ragan va “17” javobini olgan. Shundan keyin unga rad javobini bergan.
Kuyovning oilasi kelinni qaytarishga uringan, biroq bu foyda bermagan. Qiz kuyovni o‘zining ma’lumoti borasida aldaganlikda ayblagan. Kelinning otasi ham bo‘lajak qudalar buni sir tutganini ma’lum qilgan. Politsiya oilalar o‘rtasida vositachilik qilib, barcha sovg‘alarni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)