O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning 1-2-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “Seni qo‘msayman” nomli konsertidagi bloklar orasida “Comedy.uz” rezidentlari chiqish qildi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
Qayd etilishicha, rezidentlarning konsert dasturiga u qadar jiddiy tayyorgarlik ko‘rmaganligi sezilib turgan. Aytilayotgan so‘zlarda adashib ketishlar, latifalarning u qadar kulgili emasligidan shunday xulosa kelib chiqdi, deyiladi manbada.
Shunga qaramay, ta’kidlanishicha, Hasan va Husan triosining “Zita va Gita” filmini sahnada turib ovozlashtirishi, undagi qahramonlarni taniqli shou-biznes vakillari nomidan gapirtirishi tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)