Amerikaning Campaign for a Commercial-Free Childhood tashkiloti o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasiga murojaat qilib, aqlli Barbi qo‘g‘irchog‘ini ishlab chiqarishni so‘radi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Qizlar uchun mo‘ljallangan Hello Barbie qo‘g‘irchog‘i bolani tinglab, uning savollariga javob bera oladi. Buning uchun qo‘g‘irchoq Wi-Fi’dan foydalanib ovoz ma’lumotlarini virtual bulutga jo‘natadi va mos javobni tanlab javob beradi. Qo‘g‘irchoq bilan gaplashishni boshlash uchun Barbi kamaridagi maxsus tugmani bosish lozim.
Tashkilotning fikricha, qo‘g‘irchoq bola bilan suhbatda olgan ma’lumotlar reklama beruvchilar tomonidan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, xakerlar bu ma’lumotlarni internet-serverlardan o‘g‘irlashi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar esa bunday ayblovlarni rad etmoqda.
Izoh (0)