Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning uyida elektr suv qaynatgichni yoqib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati.
Natijada uyning 60 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yong‘indan zarar ko‘rdi. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kelini tutundan dimiqqan holda shifoxonaga olib borilgan va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaroning uyida esa elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 480 kvadrat metr maydonda hamda qo‘shnisi uyining 150 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlandi.
Qoraqаlpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroning uyida ham elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 85 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlandi.
Izoh (0)