Fransiya shimoli-g‘arbidagi Quyi Normandiya viloyatining Orn departamentida joylashgan Arjentan shahri hududida kichik sayyohlik samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Mahalliy aeroklubga qarashli DR 400 Robin samolyotini boshqargan ayol va uning 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan uch nafar farzandi voqea joyida halok bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qo‘nishga urinish vaqtida halokatga uchragan. Aviaklub instruktori samolyot qo‘nish yo‘lagiga kirishda muvozanatni yo‘qotganini ko‘rganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)