Fransiyaning “PSJ” klubining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich Stokgolmdagi cherkovni hashamatli uyga aylantirdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Futbolchi XIX asr oxirida qurilgan, avval cherkovga tegishli bo‘lgan to‘rt qavatli uyni ikki yil muqaddam 4,7 million yevro evaziga sotib olgan. Ibragimovich binoning ming kvadrat metrdan ortiq qismini ta’mirlab, uni hashamatli koshonaga aylantirgan.
Qayd etilishicha, 33 yoshli shved futbolchisining Floridada villasi, Nyu-Yorkda uyi, o‘zining ona Shahri Malmyoda yana bir hashamatli uyi bor.
Izoh (0)