“Yandeks” qidiruv xizmati foydalanuvchilar tomonidan 2014-yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: interfax.ru

Foto: interfax.ru

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, so‘rovlarning 95 foizi kundalik hayotning turli jabhalari − ta’lim, turmush muammolarini yechish, ko‘ngilochar sohalar bo‘lgan. Foydalanuvchilar turli atamalar va notanish so‘zlar, yangi so‘zlar, memlar, yangi xizmatlar, bayramlarning ma’nosini qidirgan.

2010−2013-yillarda deyarli bir xil so‘zlar: “sevgi”, “imxo”, “lizing”, “epitet”, “akkaunt”, “wi-fi”, “franshiza” kabilar ko‘p izlangan. 2014-yilda esa eng ko‘p qidirilgan 25 ta so‘zdan 13 tasi yangi bo‘lgan. So‘nggi 5 yilda ilk marta “sevgi” so‘zi 1-o‘rinni egallay olmagan. “Selfi” birinchi, “maydan” ikkinchi, “SNILS” uchinchi ko‘rsatkichni qayd etgan.