Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Mixail Ulyanov Qrim Rossiyaning bir qismi ekanligini va u yerda yadro qurolini joylashtirish mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Hozir u yerda yadro quroli bor yoki yo‘qligi, shuningdek bu rejalashtirilayotgani menga ma’lum emas. Biroq, umuman olganda Rossiya bu ishni amalga oshira oladi. Bunday sharoitlarda yadro qurollaridan voz kechish muammoga o‘xshab qolmoqda”, − dedi Ulyanov.
Qayd etilishicha, Qrimda mavjud bo‘lgan kuchlar va vositalarga qo‘shimcha ravishda yettita birlashma va sakkizta harbiy qism tashkil etilgan.
Izoh (0)