2015 yilning 4-9-mart kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha Tashkent March Round Robin xalqaro turniri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston, Belarus, Rossiya va Ukraina davlatlari vakillari g‘oliblik uchun dona surdi. Aylana tizimda 9 turdan iborat bo‘lgan musobaqada bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik 5,5 tadan ochko jamg‘arib, sovrinli o‘rinlarni band etdi.
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra birinchi o‘rinni egallagan Sevara Boymurodova xalqaro master talabini ham bajardi. Ikkinchi o‘rinni Vladimir Yegin egallagan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova bronza medali sovrindori bo‘ldi. Gulruhbegim Tohirjonova va 4,5 ochko bilan beshinchi o‘rinni band etgan O‘zbekistonning yana bir vakili Bahora Abdusattorova ham ayollar orasida xalqaro master talabini bajardi.
Izoh (0)