O‘zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi 14-mart kuni Vyetnam terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Bangladesh mezbonlik qiladigan U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik bosqichidan o‘rin olgan mazkur uchrashuv 14-mart kuni Vyetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa kecha, 10-mart kuni Xoshiminga uchib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23-31-mart kunlari Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan OCh saralash “E” guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda O‘zbekiston U-23 yoshlari Bangladesh, Suriya hamda Hindiston U-23 terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)