Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Shalke”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng (3:4) matbuot bilan suhbatda bo‘lishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”. Portugaliyalik futbolchi uchrashuvdan so‘ng ancha asabiy holatda bo‘lgan.
U o‘yin davomida ham ancha asabiylashgan va hatto bir vaziyatda Karim Benzema bilan gaplasha turib: “Bu sharmandalik!” degani kameralar tomonidan yozib qoldirilgan. Bunday holatdan so‘ng Ronaldu “Real”dan ketishi mumkinligi haqida OAVda ma’lumotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
“Shalke”ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng Krishtianu Ronaldu jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgan.
“Men hech narsa deyishni istamayman. Men mavsum oxiriga qadar matbuot bilan gaplashmaslikka qaror qildim”, − deydi Ronaldu.
Izoh (0)