Fransiya janubi-sharqida, Parij−Lion trassasida 15 ga yaqin jinoyatchi olmoslar yuklangan ikkita furgonga qurolli hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Jinoyatchilar qurol bilan tahdid qilib, haydovchilarni mashinalardan tushishga majbur qilgan va furgonlarni haydab qochgan.Olmoslar ortilgan avtomobillar hujum uyushtirilgan joy yaqinida yoqilgan va tashlab ketilgan holda topilgan. Qimmatbaho toshlar hali topilmagan. Qidiruv ishlari davom etmoqda. O‘g‘irlangan olmoslarning taxminiy qiymati hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)