Gollivudning eng taniqli bo‘ydoqlaridan biri bo‘lgan Al Pachino 74 yoshida ilk marta uylanishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Amerikaning Total Film Magazine jurnaliga bergan intervyusida aktyor bu voqeaning bo‘lishi ehtimoli yuqorligini ta’kidlab, “hech qachon‘hech qachon’ demagani”ni ma’lum qilgan.
OAV xabariga ko‘ra, u 35 yoshli argentinalik aktrisa Lyusili Solaga uylanishi mumkin. Al Pachino so‘nggi 5 yil mobaynida u bilan jiddiy munosabatlarda ekanligi aytilgan. Qayd etilishicha, aktyor hali biror marta uylanmagan bo‘lishiga qaramay, uch nafar farzandning otasi hisoblanadi.
Izoh (0)