Xitoy nazorat komissiyasi Procter & Gamble Co. kompaniyasini ishonchsiz reklama uchun Xitoy tarixidagi eng katta jarima – 6,03 million yuan (1 million dollar) miqdoridagi jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda MarketWatch.
Nazoratchilarning so‘zlariga ko‘ra, Crest tish pastasining reklamasida u ishlatilganidan bir kun o‘tiboq tishlar oqara boshlashi aytiladi. Tegishli natijani ko‘rsatish uchun esa videoni o‘zgartiradigan dasturdan foydalanilgan.
Kompaniyaning Crest China bo‘limining Weibo mikrobloglar xizmatidagi rasmiy sahifasida berilgan xabarga ko‘ra, reklamani namoyish etish 2014-yil o‘rtalarida to‘xtatilgan.
Izoh (0)