Toshkentda O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika kompaniyalari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalari vakillari mamlakatning ushbu sohadagi salohiyati haqida so‘z yuritdi.
Hindiston ishbilarmonlari O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi va bu boradagi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu biznes-forumning o‘tkazilishi har ikki mamlakat uchun katta ahamiyatga ega, – deydi Hindiston farmatsevtika vositalari eksportini rivojlantirish kengashining (Pharmexcil) mintaqaviy direktori Abxay Singx. – Biz tajriba almashishdan tashqari, kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini ham belgilab oldik.
Izoh (0)