Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan ayolning uyiga tunda yuzlariga niqob taqqan ikki shaxs bostirib kirdi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Qayd etilishicha, bosqinchilar 1 million 200 ming so‘m pul va bir juft tilla zirakni qo‘lga kiritib, xonadondan qochib ketgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining tezkor choralari natijasida niqobli shaxslar Alimkent qo‘rg‘onida yashovchi kishilar ekanligi aniqlandi. Endi ular qilmishi uchun qonun oldida javob berishi aniq, deyiladi manbada.
Izoh (0)