6−8-mart kunlari Gretsiya poytaxti Afina shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Afrodita Kubogi” bo‘lib o‘tdi. O‘z tarixida ilk bor tashkil etilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Xalqaro turnirda 18 davlat – Gretsiya, O‘zbekiston Bolgariya, Isroil, Shvetsiya, Shveysariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Estoniya, Qozog‘iston, Malayziya, Avstraliya, Avstriya, Gollandiya, Kipr hamda Turkiyadan badiiy gimnastikachilar ishtirok etishdi.
Tarkibida 8 nafar sportchi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta (5 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza) medallar jamlanmasini qo‘lga kiritdi. Shaxsiy bahslarda Anora Davlatova (lentada mashq) va Ravilya Farxutdinova (halqa) shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Shuningdek, qizlarimiz jamoaviy bahslarda yana 3 ta oltin medalga egalik qilishdi.
Izoh (0)