Rejissyor Rustam Sa’diyev Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Bekajon” gazetasi.
“Bayram kunlari gul ko‘tarib ketayotgan erkaklarimizni kuzatganmisiz? Ularning ko‘zlarida bilinar-bilinmas quvonch uchqunlari porlab turishiga nazar tashlaganmisiz? – dedi ijodkor. – Demak, uni intizorlik bilan kutayotgan yorinimi, onasinimi, qizlarinimi qutlamoqqa oshiqyapti.
Uyga kirib borganida “Onang qani?” deb so‘ramagan erkak zoti bormikan? Bir zum ko‘zimizga ko‘rinmasa, yuragimizga g‘ulg‘ula tushadi.
Nafaqat bayram kunlari, boshqa kunlar ham yaxshi tilaklaringizni aytishga shoshiling, agar ayta olmasangiz ham u mehringizni ko‘zlaringizdan sezib turadi. Bolalarimizning onasi har qanday mehrga, har qanday e’zozga loyiqdir!”
Izoh (0)