Qirg‘izton Prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat fuqarolariga himoya vositasi sifatida o‘qotar qurollardan foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini imzoladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qonun loyihasi qirg‘izistonliklarga o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mulkini himoya qilish uchun o‘qotar qurollardan foydalanishga ruxsat beradi.
Qirg‘izton fuqarolariga ov qurollariga egalik qilish ruxsat berilgan, biroq hozirgacha undan himoya vositasida foydalanish taqiqlangan edi. Ov qurollarini faqatgina politsiya ruxsati bilan Bishkekdagi ov do‘konlarida xarid qilish mumkin.
Izoh (0)