O‘zbekistonlik futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun tashkil qilingan “Futbol MED” tashkiloti yopiladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov yil nomzodlarini taqdirlash marosimidagi nutqida bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Shu yilning 1-aprelidan boshlab ‘Futbol MED’ tashkilotini yopyapmiz. Buning sababi: yangi qurib bitkazilayotgan O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi binosida yangi tibbiyot markazi ochilyapti. U markaz o‘ta zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Bunday tibbiyot markazi Germaniya, Koreya, Xitoydan keyin to‘rtinchi bo‘lib O‘zbekistonda qurildi. Endi barcha sportchilar mana shu tibbiy markazda ko‘rikdan o‘tkaziladi”,− deydi O‘FF prezidenti.
Izoh (0)