Akademik A. Sodiqov nomidagi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti mutaxassislari guruhi yarani bitkazuvchi yangi vosita ishlab chiqdi, deb xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Yuliya Oshchepkova, Donara Kazanseva, Olga Veshkurova va Shavkat Solihov kabi olimlar jarohatni tuzatish uchun yuqori biologik faollikka hamda farmakologik ta’sir kuchiga ega bo‘lgan qorishmani yaratishning uddasidan chiqdi.
Mazkur yangi vosita yiring va yallig‘lanish kasalligini davolashning samaradorligini oshirishda qo‘llaniladi.
Izoh (0)