Barselonadagi Xalqaro mobil kongress (MWC) da Facebook asoschisi Mark Sukerberg butun dunyo bo‘ylab mutaxassislarni eng ko‘p qiziqtiradigan savol − u qanday ishga olishi haqidagi savolga javob qaytardi, deb xabar bermoqda “Lifenews.ru”.
Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, u suhbatda bo‘lgan kishining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rib, taklif etilgan ishni qilishga o‘zi rozi bo‘lishini tasavvur qilsagina uni ishga olishini tan olgan.
Facebook asoschisining ma’lum qilishicha, u har doim suhbatga kelgan bo‘lajak xodimning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi. Sukerbergning fikricha, bu nomzod unga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligini bilishning eng yaxshi usulidir.
Izoh (0)