O‘zbekiston vakili Farrux Do‘stov Fransiyaning Kuimper shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 42 ming 500 yevrodan iborat bo‘lgan turnirning chorak finaliga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi dunyo reytingida 313-pog‘onada borayotgan fransiyalik Martin Vayssni ikki set natijasiga ko‘ra 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi. Taqqoslash uchun, Do‘stov ATP reytingida 106-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, tennischimiz juftliklar musobaqasida ishtirok etmaydi va bor e’tiborini asosiy to‘r bahslariga qaratadi. Open BNP Paribas Banque De Bretagne Quimper turniri g‘olibi 6150 yevro mukofot puli hamda 90 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)