2003-yildan 2013-yilgacha bo‘lgan davrdan 76 mingdan ortiq xitoylik millionerlar boshqa davlatlar fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Bu borada eng ommabop mamlakat Avstraliya bo‘lib, “yashil qit’a” tomonidan beriladigan investor vizasi uchun topshirilgan arizlarning 90 foizi xitoyliklarga tegishli bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya bormoqda.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, millionerlarni yo‘qotish bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda Hindiston bormoqda. 10 yil ichida ushbu mamlakatni 43,4 ming millioner tark etgan bo‘lsa, beshinchi o‘rindagi Rossiyani 14 ming millioner tashlab ketgan.
Izoh (0)