Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonda inson manfaatlarini himoya qilish, adliya idoralari, xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari binolarini ta’mirlash, yangilarini barpo etish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarining samarali mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Qariyb 900 million so‘m mablag‘ hisobiga bunyod etilgan yangi binoda marosimlar zali, nikohni va tug‘ilishni qayd etish, notarius va arxiv, kelin-kuyovlar uchun alohida xonalar mavjud. Shuningdek, binoda “Oila maktabi” uchun xona, bank kassasi joylashgan.
Izoh (0)