Koreya Xalq Demokratik Respublikasining hukumatiga qarashli Koreya markaziy telegraf agentligi Seulda AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi Mark Lippertga nisbatan uyushtirilgan hujumni yoqlab chiqdi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse.
Yangilik “Amerikalik urush qo‘zg‘ovchilar uchun adolatli jazo” sarlavhasi bilan chiqqan. Agentlik saytining ingliz tilidagi versiyasida esa ushbu hodisa eslatilmagan.
Agentlikning yozishicha, ushbu hujum Janubiy Koreya fuqarolarining yarimorolda urush boshlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shma harbiy yig‘inlarning o‘tkazilshiga salbiy munosabatda ekanini ko‘rsatib bergan.
Izoh (0)