Eron Islom Respublikasi oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xamanayi Tehronda og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan arab OAV tomonidan ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 76 yoshli Xamanayi shifoxonaga kecha yotqizilgan. Rasmiy manbalar hozircha bu xabarlarni tasdiqlamagan.
Avvalroq, Eron oliy diniy rahbarida prostata saratoni aniqlanib, u boshqa organlarga tarqala boshlagani xabar qilingan.
Izoh (0)