Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Lacetti rusumli avtomashinasida ketayotganida noma’lum shaxs mashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirdi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Qayd etilishicha, noma’lum shaxs haydovchini bo‘g‘ib, undan pul talab qilgan. Biroq haydovchi jiddiy qarshilik ko‘rsatgan va natijada yo‘lovchi avtomobildan tushib qochgan.
Tuman IIB xodimlari zo‘ravon Yuqori Chirchiq tumanidan bo‘lgan fuqaro ekanligini aniqlab, uni qo‘lga oldi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)