Samarqand viloyati Payariq tumanidan bo‘lgan ayol kechqurun uyiga qaytayotganida noma’lum shaxs yo‘lini to‘sdi, deb xabar bermoqda “Postda” nashri.
Ma’lum qilinishicha, yo‘lto‘sar ayolning bo‘ynidagi tilla zanjiri va uzugini tortib olgan.
Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida ushbu talonchilikni hech qayerda ishlamaydigan fuqaro sodir etganligi aniqlandi. Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)