“RIA Novosti” Saxalin gubernatori kallasi o‘rnatilgan qozog‘istonlikning suratini sotuvga qo‘ydi

4-mart kuni “RIA Novosti” davlat agentligi fotobankida hibsga olingan Saxalin viloyati gubernatori Aleksandr Xoroshavinning samolyotdagi surati paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza. Biroq “RIP Novosti” anonim mikroblogi yozishicha, bu rasm soxta.

Visualrian.ru saytidan skrinshot. Skrinshot: Meduza

Visualrian.ru saytidan skrinshot. Skrinshot: Meduza

Qalbaki fotosuratga 2013-yili Qozog‘istonning Vox Populi fotoreportajlar saytida chop etilgan rasm asos qilib olingan, unda Odil ismli samolyot yo‘lovchisi tasvirlangan. Reportaj bortdagi taomlarni tayyorlashga bag‘ishlangan edi.

Vox Populi saytidan skrinshot. Skrinshot: Meduza

Vox Populi saytidan skrinshot. Skrinshot: Meduza

Ko‘rinib turganidek, “RIA Novosti” bazasidagi surat asl rasmdan Xoroshavinning kallasi va yo‘lovchi qo‘lidagi kishan bilan farq qiladi.

Keyinroq fotosurat “RIA Novosti” bazasidan olib tashlandi. Agentlik axborot xizmati rasmning xatolik tufayli chop etilganini ma’lum qilib, obunachilardan uzr so‘radi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing