Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jangarilar yetakchilaridan biri bilan uzoq davom etgan telefon suhbatida uni qurolni tashlab, taslim bo‘lishga ko‘ndirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Grozniydagi Voykovo qishlog‘ida huquqni himoya qilish organlari xodimlari ‘Checheniston tekisliklari amiri’ Zelimxon Magomadovni qurshab oldi, unda qurol va kuchli portlovchi qurilma bor edi”, — dedi Qodirov nashrga bergan intervyusida.
Portlovchi uskuna harakatga keltirilsa, qurbonlar bo‘lishi mumkin edi. Kuchlar “amir”ning telefon raqamini aniqlab, u bilan muzokaralarga kirishdi, suhbatda shaxsan respublika rahbari ishtirok etdi.
“Murakkab suhbat”dan so‘ng, Qodirov hamsuhbatini bomba portlatish niyatidan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada Magomadov kuchlarga taslim bo‘lgan.