Moskvaning Presnya tumani sudi Tambov viloyati dumasi deputati Vladimir Toporkovni o‘zi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonlik ishchining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun uch yillik manzil-koloniya jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Toporkov mast holatdagi shaxs tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida ehtiyotsizlik tufayli odam o‘lishiga sabab bo‘lish jinoyatini sodir etganlikda ayblangan. Sudlanuvchi o‘sha kuni mast holda avtomobil boshqarganini tan olgan, biroq ishchi uning aybi bilan halok bo‘lganini rad etgan.
Qayd etilishicha, Tambov dumasining “Yedinaya Rossiya” partiyasidan deputati Toporkov 2014-yil 10-avgust tunda Moskvaning Smolensk maydonida KamAZ rusumli yuk mashinasiga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida o‘zbekistonlik yo‘l ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan.