To‘rtta mavzu zonasidagi stendlarda premium va o‘rta klassdagi smartfonlarni, taqiladigan qurilmalar va “Buyumlar interneti” xizmatlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
2015-yil 2-mart kuni Barselonada ochilgan Xalqaro mobil kongress (MWC) da LG Electronics kompaniyasi mobil innovatsiyalarning keng kolleksiyasini, jumladan G Flex2 smartfoni, premium klassdagi taqiluvchi qurilmalar va o‘rta narxdagi smartfonlarni taqdim etadi. Yangi mahsulotlar LG’ning to‘rtta mavzu zonasida joylashgan bo‘lib, ularning barchasi “Yaxshiroq hayot uchun innovatsiyalar” umumiy mavzusi bilan birlashtirilgan, dizayni esa kompaniyaning joriy yil uchun strategiyasini aks ettiradi.
G Flex2 zonasi: Innovatsion burilish
G Flex2 – bugungi kunda LG’ning bozordagi eng ilg‘or smartfoni, model bir paytning o‘zida ham qulay, ham chiroyli botiq ekranga ega. 5,5 dyuymli HD displey tasvirning haqiqiyligi va aniqligi evaziga tomosha taassurotlarini kuchaytiradi. Yangi model LG’ning dizayn va texnologiyalar borasidagi yetakchi o‘rnini ta’kidlovchi yuqori darajada ishlashi va tushunish uchun juda oson bo‘lgan foydalanuvchi funksiyalari bilan ajralib turadi.
O‘rta klassdagi smartfonlar zonasi: arzon premium
LG ilk marotaba premium klassdagi modellarning funksiya va ustunliklarini foydalanuvchilarning kengroq doirasi tomonidan baholash imkonini beradigan o‘rta narxdagi smartfonlarning yangi model qatorini taqdim etadi. To‘rtala modelning barchasi — Magna, Spirit, Leon va Joy — a’lo darajadagi dizayn, ekran oynasi singanda ham sensor ishlashida davom etishi imkoninin beruvchi In-Cell Touch texnologiyasi hamda “Qo‘l harakati bilan tasvirga ol” va bildirishnomalarni bloklangan ekranda ham kuzatish imkonini beruvchi Glance View texnologiyasi kabi G seriyasidan olingan foydalanuvchi funksiyalari bilan ajralib turadi.
Taqiladigan qurilmalar zonasi: moda va texnologiyalar uyg‘unligi
MWC 2015’da LG ikkita yangi taqiladigan qurilmani taqdim etadi. Klassik va elegant dizaynli LG Watch Urbane aqlli soati muhtasham qo‘l soatlarining ajoyib namunasini o‘zida mujassamlashtiradi. LG Watch Urbane LTE esa LTE va NFC texnologiyalari qo‘llanadigan ilk aqlli soatdir. Ushbu noyob qurilma yordamida LTE texnologiyasi orqali VoLTE qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish hamda ma’lumotlarni smartfonga ulanmasdan jo‘natish va qabul qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, LG Watch Urbane LTE “Push-to-talk” (PPT) funksiyasi orqali suhbatning bir nechta ishtirokchilarini bir vaqtda ulab, ratsiya sifatida foydalanish imkonini beradi. NFC yordamida esa LG Watch Urbane LTE orqali mobil to‘lovlarni amalga oshirish va avtomobilga ulanish mumkin bo‘ladi.
“Buyumlar interneti” xizmatlari zonasi: Mobil hayotimiz markazi
Koreya elektronika texnologiyalari institute ma’lumotlariga ko‘ra, LG Electronics “Buyumlar interneti” sohasida 139 ta patentni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, bu koreys kompaniyalari orasida mutlaq rekord hisoblanadi, jahon miqyosida esa to‘rtinchi ko‘rsatkichdir. LG tajribasi MWC doirasidagi “Buyumlar interneti” zonasida LG stendida namoyish etiladi. LG U+ sho‘ba korxonasi bilan hamkorlikda LG zamonaviy uyda G Flex2 yordamida turli uskuna va texnikalarni qanday boshqarish mumkinligini ko‘rsatadi. G Flex2 yordamida foydalanuvchilar o‘z uylaridagi vaziyatni kameralar tizimi orqali kuzatish va uyga noqonuniy kirilgan holatda xabar ko‘rinishida bildirishnima olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular uy tarmog‘i orqali uyning istalgan qismidagi boshqa oila a’zolari bilan video-chat yordamida muloqot qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, LG va Audi “Buyumlar interneti” LG Watch Urbane LTE yordamida avtomobil boshqarishni yanada qulayroq qilishini ko‘rsatadi. NFC imkoniyatlaridan foydalanib haydovchilar o‘z avtomobillarining eshiklarini ochib-yopishi, shuningdek o‘z aqlli soatlari yordamida dvigatelni ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi. Kelajakda LG aqlli soati belgilangan joygacha qolgan masofani o‘lchash, yo‘nalish taklif qilish, to‘xtash vaqtida qo‘shni mashinagacha bo‘lgan masofani hisoblash, shuningdek, odam avtomobildan tashqarida bo‘lganda ham iqlim nazoratini yoqish imkonini beradi.
“Biz bu yilgi MWC’da kompaniyamizning turli texnoogik ishlanmalarini qamrab olgan 170 dan ortiq mahsulotni o‘z ichiga oluvchi keng modellar qatorini taqdim etishdan mamnunmiz. Smartfonlar va taqiladigan qurilmalardan “Buyumlar interneti”gacha, biz o‘zimizning nafaqat yangi jarayonlarda faol qatnashish, balki ularning yetakchisi bo‘lish uchun imkoniyatlarimizga aminmiz. Xalqaro mobil kengressdagi ishtirokimiz bu faktning navbatdagi dalilidir”, – dedi LG Electronics Mobile Communications prezidenti Jun Cho.
LG’ning MWC 2015’dagi stendi Fira Gran Via markazining uchinchi zalida joylashgan. LG’ning yangi mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)