“Rossiya 1” telekanali tashkilotchiligida “Yulduzlar bilan raqs” loyihasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ishtirok etdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Sevara loyihaning birinchi qismida hamrohi Aleksandr Nabiullin bilan birgalikda “Vencha vals” (“Venskiy vals”)ga raqsga tushgan bo‘lsa, ikkinchi qismida “Olam aro” (“Sredi mirov”) deb nomlangan raqs sahnasini taqdim etdi. Ushbu chiqishni hakamlar hay’ati 47 ball bilan baholadi.
Raqqos Aleksandr Nabiullin Portugaliyada 5 marta chempion bo‘lgan, 3 marta Portugaliya kubogini qo‘lga kiritgan, Yevropa kubogi uchun musobaqalarda esa bir marta yarim final ishtirokchisi bo‘lgan.
https://www.youtube.com/watch?v=2Nu_mI_rUck
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon bundan oldin Rossiyada “Birinchi kanal”ning “Golos”, “Vishka” va “Toch v toch” nomli tanlovlarida ham ishtirok etgan edi.
Izoh (0)