Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichi yakunlandi. Avvalgi ikkita bosqichda ham ishtirok etgan o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov Gran-prilardagi eng yuqori ko‘rsatkichini qayd etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘n bir imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan 17-jahon chempioni yakunda kuchli to‘rtlikdan joy oldi. Qosimjonov bu muvaffaqiyati evaziga 90 ball hamda 11 ming yevro mukofot puliga ham ega bo‘ldi.
Joriy yil hisobidan Gran-prining so‘nggi 4-bosqichi Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida o‘tkaziladi. Unda Qosimjonov ishtirok etmaydi. Boisi, 16 nafar grossmeysterning har biri 4 ta Gran-pridan 3 tasida qatnashishi kerak. Qosimjonov Boku, Toshkent va Tbilisi Gran-prilarida ishtirok etib ulgurdi.
Izoh (0)