Amerikaning Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng boy odamlari reytingida “Interros” xoldingi prezidenti Vladimir Potanin 14,8 milliard dollar bilan 60-o‘rinni egallab, Rossiyaning eng boy kishisi deb topildi. Bu haqda “Snob.ru” xabar bermoqda.
“Alfa-grup” kuzatuv kengashi rahbari Mixail Fridman 14,7 milliard dollar bilan dunyoda 68-o‘rinni, Rossiyada ikkinchi o‘rinni egalladi. 2011-yildan 2014-yilgacha Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatini boshqargan asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov esa 14,5 milliard dollar bilan jahonda 71, Rossiyada uchinchi o‘rinda qayd etildi. USM Holdings’ning bosh aksionerining boyligi 2014-yilda 18,6 milliard dollarga baholangan edi.
Jahon reytingini 79,3 milliard dollar bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda 76,3 milliard dollar bilan meksikalik ishbilarmon Karlos Slim, uchinchi o‘rinda 72,3 milliard dollar jamg‘argan amerikalik investor Uorren Baffet ko‘rsatilgan.
Izoh (0)