Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslari yakunlandi. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov muvaffaqiyatli dona surdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Qosimjonov 27-fevral kuni o‘tkazilgan so‘nggi 11-turda qora donalarda rossiyalik Dmitriy Yakovenko bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi va durang natija qayd etdi. Bu durang Qosimjonovga yakunda 4-o‘rinni taqdim etdi. U 3-o‘rin egasi ozarbayjonlik Teymur Rajabovdan yarim ochko kam jamg‘ardi.
Tbilisi Gran-prisi yakunlanishiga ikki tur qolgan bir paytda Yevgeniy Tomashevskiy muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Rossiyalik grossmeyster 11 imkoniyatdan 8 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rin yana bir rus shaxmatchisi, so‘nggi turda aynan Rustam Qosimjonov bilan durang o‘ynagan Dmitriy Yakovenkoga nasib etdi.
Tbilisidagi g‘oliblik Yevgeniy Tomashevskiyga 20 ming yevro mukofot puli, 170 turnir ochkosi hamda 30 reyting ochkosini taqdim etdi. Uchta bosqich yakunlariga ko‘ra aynan Tomashevskiy peshqadam bo‘lib oldi. Rustam Qosimjonov 16 grossmeyster orasida 10-o‘ringa ko‘tarildi.
FIDE Gran-prisi (3-bosqich. 11-tur natijalari):
- Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – Teymur Rajabov (Ozarbayjon): 0,5:0,5
- Dmitriy Yakovenko (Rossiya) – Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston): 0,5:0,5
- Anish Giri (Gollandiya) – Lenyer Dominges (Kuba): 0,5:0,5
- Shaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon) – Petr Svidler (Rossiya): 0,5:0,5
- Aleksandr Grishchuk (Rossiya) – Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya): 0,5:0,5
- Baadur Jobava (Gruziya) – Dmitriy Andreykin (Rossiya): 0,5:0,5
- Tomashevskiy – 8;
- Yakovenko – 6,5;
- Rajabov – 6;
- Qosimjonov, Mamadiyarov, Giri, Dominges – 5,5;
- Jobava, Vashye-Lagrav, Grishchuk – 5;
- Svidler – 4,5;
- Andreykin – 4.
Izoh (0)