Rossiya qahramoni polkovnik Serik Sultangabiyev Birinchi darajali “Al Faxr” faxriy ordeni bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Og‘ir jarohatdan keyin Rossiya Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining Bosh harbiy klinik gospitalida davolanayotgan harbiyga mamlakat musulmonlarining oliy mukofotini Rossiya muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 25-sentabr kuni Sverdlovsk viloyatidagi mashg‘ulotlar chog‘ida kichik serjantning oldiga granata tushib ketgan, polkovnik esa shu zahoti granatani o‘z tanasi bilan yopib, og‘ir jarohatlar olgan. Kichik serjantga esa zarar yetmagan.
Izoh (0)