Davlat ichki protseduralarining bajarilganligidan so‘ng, 2015-yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Kipr Respublikasi hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur hujjat 2012-yil 5-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Bitim ikki davlatning shaxs, tinchlik, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga xavf soluvchi jinoyatlar hamda iqtisodiy faoliyat va axborot texnologiyalari sohalaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni ko‘zda tutadi. Bitim doirasidagi hamkorlik ushbu jinoyatlarga qarshi kurash sohasidagi axborot almashish va ularni ochishda yordam ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Izoh (0)