BMT Bosh Assambleyasi mamlakatlarni Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligini nishonlashga chaqirilgan va may oyi boshida maxsus tantanali yig‘ilish o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
80 ga yaqin davlat hammuallifligida ishlab chiqilgan hujjat konsensus yo‘li bilan qabul qilindi. Rezolyutsiyada ittifoqchilarning fashizm ustidan g‘alabasi 1945-yilda kelajakda urushlarning oldini olish maqsadida BMT tuzilishiga zamin yaratgani esga olingan.
Shu munosabat bilan Bosh Assambleya barcha mamlakatlarga, BMT tizimidagi tuzilmalarga, nohukumat tashkilotlarga ushbu muhim sanani Ikkinchi Jahon urushining barcha qurbonlari xotirasini ulug‘lash sifatida tegishli ravishda o‘tkazishni taklif qildi. Hujjat Bosh Assambleya raisi Sem Kutesdan 2015-yil may oyining ikkinchi haftasida urushning barcha qaurbonlari xotirasi sharafiga maxsus tantanali yig‘ilish o‘tkazishni so‘ragan.
Izoh (0)