AQSh va Kanada harbiylari 21−27-fevral kunlari Latviya Milliy qurolli kuchlarining Adaj poligonida bo‘lib o‘tgan “Qish” mashg‘ulotlarida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Mashg‘ulotlarda Latviya qurolli kuchlari, Atlantic Resolve operatsiyasi doirasida Latviyaga joylashtirilgan AQSh 2-kavaler polki va Polshaga joylashtirilgan Kanada Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlardan maqsad Latviya qurolli kuchlari quruqlik brigadasi piyodalari va ittifoqchilar qurolli kuchlari harbiylari o‘rtasida qish sharoitida xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha tajriba almashish ekanligi aytilgan.
Izoh (0)