Samsung kompaniyasi LG va Apple bilan LG G4 va Apple iPhone 6S smartfonlari uchun o‘zining DRAM kartalarini yetkazib berish bo‘yicha ko‘p millardlik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “3DNews.ru”.
Aynan qaysi turdagi xotira kartalari yetkazib berilishi ma’lum qilinmagan. Biroq G4 va iPhone 6S smartfonlari pozitsiyasini inobatga olib, ularga yaqindagina katta miqdorda ishlab chiqarilishi boshlangani e’lon qilingan DDR4 DRAM mikrosxemalari yetkazilishini taxmin qilish mumkin.
Kelshuv shartlariga ko‘ra, Samsung LG Electronics kompaniyasining G4 smartfonlari uchun kerak bo‘ladigan DRAM xotiralari bo‘yicha talabini to‘liq qoplaydi. Apple’ga esa iPhone 6S uchun kerak bo‘ladigan kartalarning kamida 50 foizini yetkazib beradi.
Izoh (0)