Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichida 9-tur uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
25-fevral kuni o‘tkazilgan 9-tur bahsida Rustam Qosimjonov qora donalarda turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turgan rossiyalik Yevgeniy Tomashevskiyga imkoniyatni boy berdi. Qosimjonov 30-yurishdan so‘ng, mag‘lubiyatini tan olishdan o‘zga chora topa olmadi.
Bu mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zbekistonlik grossmeyster 5-o‘ringa pastladi. Uning hisobida hamon 4,5 ochko bor. To‘rtinchi pog‘onadan joy olgan Shaxriyar Mamadiyarov ham 4,5 ochkoga ega bo‘lib turibdi.
FIDE Gran-prisi
3-bosqich. 9-tur natijalari:
- Dmitriy Andreykin (Rossiya) – Teymur Rajabov (Ozarbayjon): 0,5:0,5;
- Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston): 1:0;
- Baadur Jobava (Gruziya) – Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya): 0:1;
- Dmitriy Yakovenko (Rossiya) – Petr Svidler (Rossiya): 0,5:0,5;
- Aleksandr Grishchuk (Rossiya) – Lener Dominges (Kuba): 0,5:0,5;
- Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) – Anish Giri (Gollandiya): 0,5:0,5.
- Tomashevskiy – 7;
- Yakovenko – 5,5;
- Rajabov – 5;
- Qosimjonov, Mamadiyarov, Dominges, Giri – 4,5;
- Jobava, Grishchuk, Vashye-Lagrav – 4;
- Svidler – 3,5;
- Andreykin – 3.
Izoh (0)