O‘zbekistonning sobiq birinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida start olgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Oqgul sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan Ladies Neva Cup 2015 musobaqasining ilk davrasida mezbon tennischi Mayya Katsitadzeni 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi. Ma’lumot o‘rnida, rossiyalik bu tennischi turnirga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan edi.
Izoh (0)