Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan U-23 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Yig‘in 5–8-mart kunlariga mo‘ljallangan. Ashurmatov shogirdlari 7-mart kuni poytaxt klublaridan biriga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Toshkentdagi yig‘in nihoyasiga yetishi bilan olimpiyachilar darhol Vyetnamga yo‘l oladi va u yerda 15-martga qadar o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi. Yig‘in davomida jamoa Vyetnam olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Osiyo chempionati saralashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi 20-mart kuni Bangladeshga yo‘l oladi. Musobaqa 25–30-mart kunlariga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston vakillari “E” guruhida mezbonlardan tashqari, Suriya va Hindiston termalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.
Izoh (0)