FIFA bosh kotibi Jerom Valke 2021-yilgi Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasini Qatarda o‘tkazish rejasi bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Bunday qaror musobaqani o‘tkazish vaqtida Qatarda mavjud bo‘ladigan noqulay ob-havo sharoiti tufayli qabul qilingan. Turnirni boshqa bir Osiyo mamlakatida o‘tkazish rejalashtirilgan, lekin aynan qaysi Osiyo mamlakati tanlanishi ma’lum qilinmagan.
Qayd etish joizki, Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasi har safar mundialdan bir yil oldin mundial mezboni maydonlarida o‘tkazilib, unda mezbon, amaldagi jahon chempioni hamda oxirgi marta qit’a chempioni bo‘lgan terma jamoalar qatnashadi.
Qatardagi 2022-yilgi jahon chempionati ham, odatga xilof ravishda qish faslida o‘tkazilishi mumkin.
Izoh (0)