Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning nevarasi shahzoda Uilyam tez yordam vertolyotini boshqarish bo‘yicha o‘qishni tugatgan va joriy yilning yozidan ishga kirishadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
2014-yil kuzida Buyuk Britaniya Harbiy havo kuchlarining qidiruv-qutqaruv vertolyoti uchuvchiligidan ketgan shahzoda o‘qishni sentabr oyidayoq boshlagan. Hozirgacha Uilyam 14 ta imtihon topshirib, havo tez yordami xizmatining litsenziyali uchuvchisiga aylangan.
Biroq bevosita professional faoliyatga kirishish uchun u bo‘lajak ish beruvchining maxsus kursida ham qatnashishi kerak. Mashg‘ulotlar Uilyamning Osiyo bo‘ylab turnesi yakunlangach boshlanishi ko‘zda turilmoqda.
Izoh (0)