2015-yilda “Maroqand−Qarshi” temir yo‘lining uchta muhim obyekti, “Angren−Pop” temir yo‘li va magistralini elektrlashtirish uchun 400 million dollardan ortiq investitsiyalar yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Uz24.uz”.
Ushbu mablag‘ning 55 foizda ortig‘i 2016-yil iyulda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Angren−Pop” temir yo‘li uchun sarflanadi. 2020-yilgacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tarkibida 1000 kilometrdan ortiq temir yo‘lni xorijiy investitsiyalar va o‘z mablag‘lari evaziga elektrlashtirish rejalashtirilmoqda.
Elektrlashtirilgan ikki yo‘nalsihli “Jizzax−Yangiyer” temir yo‘lini qurish, 344 kilometrlik “Toshkent−Maroqand” temir yo‘l uchastkasida yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchi tashishni tashkillashtirish, 372,5 kilometrlik “Maroqand−Buxoro” temir yo‘lini elektrlashtirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Izoh (0)